Kitob haqida oʻquvchi fikri
Oʻquvchi kitobni yengil oʻqilishini va rad javobini qabul qilish haqidagi fikrdan olgan taʼsirini yozadi. Bu ijtimoiy isbot sifatida kitob foydasini koʻrsatadi.
Kitob juda zo’r chiqibdi, yengil o’qilyapti, Alloh rozi bo’lsin. Kitob endi boshlagan va 3-4 yildan beri onlayn ishlayotganlar uchun ancha foydali bo’ladi Inshaalloh, shu gap menga juda yoqdi: «Dunyoda Apple ni yomon ko’radigan milliard odam bor, Apple esa sotishni to’xtatmagan. Rad javobini qabul qilishni o’rganing. Aks holda butun umr o’zingiz xohlamagan natijalarga ko’nib yashaysiz.» 28-bet
Menda ham mana shu muammo bor edi, demak tushundim meni fikrlashim noto’g’ri, men rad javobini qabul qilishim kerak ekan.
Men Umid akani qarindoshi emasman😁, kanalini 1,5 yildan beri kuzatib kelaman, juda xolis inson, kitob ham zo’r yozilgan ekan, menga yoqqani hozir Onlayn bozorda qanday sotuv texnika va fikrlari ishlayotganini zo’r ochib beribdilar.
Alloh rozi bo’lsin
Asl postni Telegramda ochish →