Kanalga obuna
Keys · 11-oktabr, 2026

Agentlikni AI-native qilish: Ledger keysi

Asoschining vaqtini nima olayotganini aniqlab, AI-assistent Ledger qurildi va 19 kunda 194 soatlik ish tejaldi. Botni sozlash ishning atigi 10% i, qolgan 90% intervyu, SOP va jarayonlarni ulashdir.

1 oydan ko'proq vaqt haftada 3-4 kun bitta ofisda ertalabdan kechgacha o'tirdim.

Do'stim Yusuf, Connect Entertainment asoschisi. Agentlik brendlar va blogerlarni bog'laydi: 45 dan ortiq eksklyuziv inflyuenser, ssenariy, s'yomka, UGC, ivent.

Yusuf bitta so'rov bilan keldi: biznesimni AI-native qil, jamoam ham AI bilan ishlashni o'rgansin.

Birinchi qadam kod emas edi:

1. Yusufga 60 dan ortiq savol berdim. Moliya, komissiya, blogerlar bazasi, loyiha qayerdan keladi. 2. 10 ta xodimdan 7 tasi bilan alohida gaplashdim. Kim nima qiladi, vazifani qayerda hisobga oladi. 3. Asoschining kunini ko'rdim. Vaqt qayerga ketyapti?

Ma'lum bo'ldiki, Yusufning vaqtini mana bular olar ekan:

• 50 ta ishchi chatni o'zi o'qish (yoki o'qimaslik) • Taqdimot va KP: dizayner bilan har bir iteratsiya 2-3 kun • Bloger qidirish: har xil platformalardan qo'lda • Kim nima qilyapti, hech qayerda ko'rinmasdi • Pul Google Sheets ichida, hammaga ochiq

Keyin AI-assistent qurdik. Ismi Ledger. 27 avgustdan beri ishlayapti.

Birinchi 19 kunda:

• 50+ chatdan 9 107 ta xabarni o'qib, 34 ta ertalabki va kechki digest yubordi • 9 ta taqdimot qildi. Eng kattasi 56 slayd, bir kunda, 5 ta versiya bilan • 19 ta shartnoma tayyorladi. Jadvalda bitta qator → tayyor hujjat • 6 ta manbadan 516 ta blogerni bitta bazaga yig'di • 11 ta ish o'zi ishlaydi: ertalabki digest, xodimlarga kunlik so'rov, kechki ovozli eslatma, platforma sinxronizatsiyasi

Agentlikning o'z platformasi ham bor: * ta bitim, * bloger, *** brend, 9 xodim. Har kimning o'z kabineti. Pulni esa faqat Yusuf ko'radi.

Eng qizig'i: xodimlarga yangi dastur o'rgatmadik. Ular baribir Telegram guruhda yozishardi. Endi o'sha xabar va voice'lardan Ledger o'zi vazifa ochadi, muddatini qo'yadi, platformani to'ldiradi.

Ledger Yusufdek yozadi. Uning 4 488 ta xabarini tahlil qilib, uslubini yig'dik: o'zbek-rus aralash, qisqartmalar bilan. Masalan, pul, to'lov va shartnoma haqida chatda neytral javob beradi, savolni esa darhol Yusufning o'ziga yuboradi.

Ledger o'zi hisobladi: 19 kunda 194 soatlik ish. Bu 24 ta to'liq ish kuni. Bitta to'liq stavkadagi xodimdan ko'p.

Oxirida jamoaga 2 soatlik master-klass o'tkazdik va har bir xodim bilan alohida gaplashdik.

Lekin aslida eng muhim gap boshqa.

Claude va botni sozlash ishning 10% i ekan. Qolgan 90%: intervyu, SOP, jarayonni bosqichlarga bo'lish, ma'lumotni bir joydan ikkinchisiga ulash, test, xodimlar qanday ishlayotganini kuzatib tuzatish, botni o'chmaydigan qilish.

Bu 90% ko'zga ko'rinmaydi. Lekin odamlar aynan shuning uchun bir necha ming dollar to'laydi.

Sizning biznesingizda vaqtni eng ko'p nima olyapti? 👇

Asl postni Telegramda ochish →