Kanalga obuna
Qoʻllanma · 25-iyul, 2024

Xizmatni qimmat sotish uchun 5 qadam

Qimmat sotish uchun unikal taklif, tariflar liniyasi, tayyor keyslar, shaxsiy voronka tahlili va mijoz yoʻqotadigan pulni hisoblash kerak. Stomatologiya misolida har bir qadam tushuntiriladi.

Xizmatlaringizni qimmat sotish uchun 5 ta qadam:

1. УЛП (Уникальное личное предложение) bo'lishi kerak. Bu sizning shaxsiy unikal taklifingiz.

Mani misolimda ko'rishingiz mumkin: Infobiznes yo'nalishida wow-effektli dizaynga ega va 25% dan baland konversiya ko'rsatadigan sotuvchi saytlar yasayman.

Ko'pchilikda hech qanday offer yo'q. Nima taklif qilasan deyishsa

— targetologman — sayt yasayman — dizaynerman deb javob berishadi.

2. Xizmatlaringizda tarif bo'lishi kerak. Bir eksperiment o'tkazishga. Ko'chaga Pepsi ichimligini sotish uchun muzlatgich o'rnatishgan, uni ko'rgan odamlarda "olaymi yoki olmaymi degan fikr kelib yarimi olgan, yarmi esa ketgan"

Yoniga Coca-cola ichimligini qo'yishganida, odamlarda pepsi olaymi yoki colami degan fikr kelishni boshlagan. Yani ularda tanlov imkoniyati paydo bo'lgan. Siz ham agar bitta narx bersangiz olaymi yoki olmaymi degan fikr keladi mijozlarda. Shuning uchun 2-3-4 ta tariflarni lineykasini tuzib chiqing. Har bir tarif o'ziga xos puliga yarasha qiymatga ega bo'lishi kerak. Shunda har bir kelgan mijozingiz uchun ularga mos taklifingiz bo'ladi.

3. Hech bo'lmasa 3-5 ta zo'r keysingizni mijozga ko'rsata oladigan xolatda tayyorlab qo'yishingiz kerak. Yoki prezentatsiya ko'rinishiada yoki saytga joylangan bo'lishi kerak. Taqdimot ichida nimalar bo'lishi kerak?

— Mijozni A nuqtasi — Mijozni B nuqtasi — Siz olib kelgan natija — Siz ko'rsatgan xizmatlar ketma-ketligi — Siz yechgan muammolar ro'yxati — Raqamlar

Bu keyslarni sotuv paytida mijozga ko'rsatasiz va taqdimotni o'tkazasiz.

4. Shaxsiy voronkangizni yaxshi tushunishingiz kerak.

1. Misol uchun har 10 ta uchrashuvdan nechtasiga sotasiz? 2. Bir oyda nechta odamga aloqaga chiqasiz? 3. Bir oyda nechta odam sizga aloqaga chiqadi? 4. Bitta mijozingizni narhi qancha? 5. 100 ta odam bilan gaplashsangiz nechtasi siz bilan ko'rishishga rozi bo'ladi?

Voronkani tushunsangiz, xisoblay olsangiz uni boshqarishingiz, uni ko'rsatkichlarini oshirishingiz mumkin.

5. Kommentda siz o'zingiz bilgan usullar bilan bo'lishing 👇

Hech kim sirlari bilan bo'lishishni istamadi, shuning uchun o'zim yozaman.

5. Mijoz agar hozir sizni xizmatingiz orqali muammosini yechmasa qancha pul yo'qotishini xisoblab va ko'rsatib berish kerak.

Misol uchun. Stomatologiyaga sayt qilishim kerak.

🦷 Stomatolog o'rtaga bir kunda 100$-200$ pul ishlaydi. Kuniga 8 soat ishlasa soatiga taxminan 150.000 pul topadi.

Stomatologda 2 ta variant bor.

Har bir kelgan mijoz bilan shaxsan o'zi gaplashishi mumkin. 1 ta mijoz 15-20 daqiqa vaqt olishi mumkin. Kuniga 4-5 ta mijoz keladigan bo'lsa o'rtacha 300.000 so'm atrofida pul yoqotadi degani, chunki bu vaqtda mijozga konsultatsiya o'tkazishni o'rniga ishlashi mumkin edi. Bir oyda esa taxminan 10.000.000 ga yaqin pul yoqotadi degani.

Saytlar orqali konsultatsiyani vaqtini bir necha barobarga qisqartirish mumkin, shu bilan daromadni oshirish mumkin. Bu saytning bittagina xususiyati edi.

Bu bilan biz sayt qanchalik u insonning vaqtini va pulini tejashini isbotlab beramiz. Lekin buning uchun oldindan chuqur tahlil o'tkazish kerak bo'ladi.

Asl postni Telegramda ochish →