Kanalga obuna
Qoʻllanma · 2-dekabr, 2024

Bir kishilik biznesda 10K dollar

Xodimsiz biznes modelida oyiga 10 ming dollarga chiqish yoʻli: oʻz soha xizmati va infoproduktlar kombinatsiyasi. Muvaffaqiyat uchun 11 ta shart sanab oʻtilgan.

Savol: 1 kishilik biznes model bilan $10K + chiqish mumkinmi bizni davlatda

Javob:

Birinchi bu 1 kishilik biznes model o'zi nimaligini qolganlarga tushuntiraylik - One person business model chet elda juda rivojlangan. Asosiy ma'nosi hech qanday doimiy oylikda ishlaydigan ishchilarsiz biznes qilish.

Bizni davlatda chiqish mumkin. Lekin shaxsan o'zim 1 kishini taniman (O'zbekistonda, chet elda esa bunday odamlarni ko'pini bilaman). Yaqin tanishim, 1 yil ichida bir o'zi +100.000$ ishladi.

Bu ko'rsatkichga bir nechta xizmat va mahsulotlar orqali yoki ularning kombinatsiyasi bilan chiqish mumkin.

1. O'zining sohasi:

Sohasida 5.000$ har hil kombinatsiya bilan qilishi kerak. - 5 ta $1000 lik loyiha - 2 ta $2.500 lik loyiha - 1 ta $5.000 lik loyiha

2. Infoprodukt:

💎 Flagman produkti bo'lishi kerak (mentorlik, yoki VIP kurs) - har 2 oyda 10.000$ lik zapusk - yoki har oy 5.000$ lik zapusk

🔸 Klub qilishi mumkin oylik 50$-300$ obuna tizimi. 20 ta dona odam 1000$ dan $6.000 gacha foyda keltirishi mumkin.

🔹Doimiy sotiladigan va o'z o'zini qoplaydigan produkt. Narxi 50$ gacha bo'lgan 24/7 sotiladigan produkt bo'lishi kerak. Bu produktdan topilgan foydani blog uchun, infoproduktlarni reklamasi uchun va boshqa narsalarga doimiy ravishda reinvestitsiya qilsa bo'ladi.

▫️Yiliga 2-3 marta oflayn treninglar tashkil qilish.

Bu yerda hammasi sizni xolatingizdan kelib chiqadi. Har doim 50%/50% bo'lishi shart emas. Sohangizdan 30% va infobizdan 70% ishlashingiz ham mumkin yoki teskarisi.

Shaxsan o'zimda rekord oyda 10.000$ daromad bo'lgan va 30 ga 70 bo'lgan. (30% saytlar va 70% infobiz)

Yana bir nechta usullar bor, lekin shu kombinatsiya o'zi aytilgan summani ishlashga yetadi.

Juda oson ko'rinadi lekin quyidagi narsalar o'ta muhim:

1. Xizmatingizda LTV baland bo'lishi 2. Blogingizga doimiy ravishda yangi auditoriya kirishi 3. Doimiy ravishda uzilishlarsiz zapusk qilish 4. Kun tartibingiz buzilmasligi 5. Kursda NPS baland bo'lishi 6. Blogingiz doimiy ravishda faol bo'lishi 7. Sohangizda doim o'sish bo'lishi (bilimga investitsiya) 8. Faqat qimmat loyihalar olish. 9. Mijoz sizga berayotgan pulini bir necha barobar qilib chiqarib olishi 10. Autsorsdan kerakli vaqtda kerakli ishlarni bajaradigan xodimlar bo'lishi. 11. Har kunilik uzluksiz 4 soatlik deepwork.

Kim man bilan chellenj qilishni xoxlaydi? Izohlarga yozing. (Sharti kamida o'z yo'nalishingizda 1 yil tajriba bo'lishi kerak va eng kamida 6 oydan beri $1000+ daromad)

Asl postni Telegramda ochish →