Kanalga obuna
Motivatsiya · 9-dekabr, 2024

Sprint emas, marafonni tanlang

Maqsadga muddat bilan emas, erishmaguncha ishlash bilan yondashing. 2-potok oʻquvchisi voz kechmay oyiga 1200-1500 dollarga chiqqan.

Maqsad sprint yoki marafon bo'lishi mumkin.

Sprint — belgilangan muddat ichida bir maqsadga erishish. Vaqt tugasa o'yin ham tugaydi.

Marafon — maqsadga nima bo'lishidan qat'iy nazar erishish. Maqsad erishilgandagina oyin tugaydi.

Ko'pchilik 1-3-6 oyda bir natijaga chiqaman deb maqsad qo'yishadi, vaqt tugaydi, maqsadga erishilmagan bo'ladi. Shu bilan o'sha maqsaddan voz kechib ketishadi.

Siz sprint emas, marafonni tanlang. 1 oy ichida 1000$ daromadga chiqaman deb emas, 1000$ ga chiqmagunimcha ishlayveraman deb. Bunga 1 oy, 3 oy, 1 yil yoki 2 yil ketishi mumkin. Lekin baribir oxiri erishasiz. O'sha maqsaddan sprint sababli voz kechganlar haliyam 300$-400$ ishlab yurgan bo'ladi.

Buni aytishimdan sabab, bir o'quvchi 2023 yilda 2-potokda manda o'qigan. U inson sprint emas marafon qildi, maqsadidan voz kechmadi. Oxirigacha bordi. Kecha workshopda ko'rishganimizda o'sha o'quvchim 1200-1500$ oylik daromadga chiqgani haqida aytib berdi.

Pastda keys ko'rinishida yuklayman

Asl postni Telegramda ochish →