Daromadni oshirishning ikki yoʻli
Birinchi yoʻl koʻproq soat ishlash, lekin uning chegarasi bor. Ikkinchi yoʻl har bir soat narxini oshirish: mutaxassislikni kuchaytirish, qimmat xizmatlarga fokus va yuqori chekli mijozlarga oʻtish.
Sizda daromadingizni oshirishni 2 ta yo'l bor.
1-yo'l: Ishlash soatingizni ko'paytirib ko'proq daromad qilish.
🧠 Qancha ko'p ishlasam shuncha ko'p daromad qilaman degan fikrlash.
10-12-14 soat ishlaysiz, daromadingiz oshadi, lekin buni chegarasi bo'ladi. Ishlash soatingiz maksimum nuqtasiga yetganidan so'ng daromadingiz bir nuqtada qotib qoladi. Kuningiz faqat ish bilan o'tgani uchun yangi daromad manbaalari yoki shu daromadni oshirish haqida o'ylashga vaqtingiz qolmay qoladi. Rivojlanishga ham vaqt qolmaydi.
✅ Tez yuqori daromadga chiqasiz, lekin tez o'sha daromadni chegarasiga yetib borasiz.
2-yo'l: Bir soat vaqtingizni narxini oshirib ko'proq daromad qilish.
🧠 10 soat emas 4 soat ishlash, lekin daromadim o'sha 10 soat ishlagandek bo'lsin.
O'zinigizni majburlab ishlash soatini kamaytirasiz, fokusni esa ko'p soat ishlashga emas, har bir ishlagan soatingizni qiymatini / narxini oshirishga qaratasiz.
Bu qiymatni oshirishni eng samarali yo'llari
1. Bu mutaxassisligingizni darajasini oshirish. 2. Yuqori daromad keltiradigan xizmatlarga fokus qaratish. 3. Yuqori chekli mijozlar segmentiga o'tish.
Hozir o'ylab ko'ring siz qaysi kategoriyaga kirasiz?
Asl postni Telegramda ochish →