Koʻp pul ishlash uchun puldan voz kechish
Oʻsish uchun xodim, HR, boʻlim, soliq va marketing xarajatlari foydani vaqtincha kamaytiradi. Lekin shundan keyingina daromad bir necha baravar oshib, ishlash yukidan qutulasiz.
Ko'p pul ishlash uchun ko'p puldan voz kecha olish kerak ekan.
Buni qanday tushunish mumkin?
Kecha darsda juda ko'p tadbirkorlarni biznes modellarini ko'rib chiqdik.
90% kelgan tadbirkorlar ko'p daromad topishadi va ko'p ish qilishadi.
Ularda kompaniyaga tushgan pullarning 60%-70% o'ziga qoladi, qolgani jamoa va boshqa xarajatlar uchun.
Maqsadi 2-3-5x o'sish. Lekin o'sish uchun:
1. Yangi xodimlar kerak 2. HR kerak 3. Bo'limlar kerak 4. Soliqlar 5. Marketing uchun ko'proq byujet
Agar bularni amalga oshirsa — bu xarajatlar kompaniya rahbarini sof foydasini 60% dan 15%-35% gacha tushirib yuborishi mumkin. Bu juda katta stress va noqulay vaziyat.
Shuning uchun ko'proq ishlasam ham o'zim qilganim yaxshi deb kengayisha olmaydilar va 24/7 ishlashga majbur bo'lishar ekan.
O'sish uchun o'sha pullardan voz kechish kerak, lekin bir muddat o'tgandan so'ng daromad bir necha barobarga oshadi, ham haftada 1 kun ishlab 4 kun dam oladigan darajaga chiqadi.
Hamma muammo miyyamizda 🧠!
Pulni qalbida emas, qo'lida ushlagan odam doim o'sadi.
Asl postni Telegramda ochish →