Fokus nimaga qaratilsa, oʻsha oʻsadi
Fokusingiz ishda, Instagramda yoki salbiy fikrlarda boʻlsa, oʻsha narsa oʻsadi. Sotuv yetishmasa, sotuvga olib keladigan ishlarga fokus qiling va 3 kun soatiga budilnik bilan fokusni kuzating.
Nimaga fokus qaratsangiz — o'sha narsa doim o'sadi/rivojlanadi.
Kuningizni tahlil qiling nimaga fokus qaratyabsiz?
1. Ishga bo'lsa — ko'nikmalaringiz o'sadi.
2. Instagramga bo'lsa — screen time o'sadi. Qaramlik o'sadi.
3. Negativ fikrlar/narsalarga bo'lsa — yomon narsalarni payqash ko'payadi.
Biznesingizda yoki hayotingizda nima yetishmasa — shu narsani olib keladigan narsaga fokus qaratishingiz kerak.
Ko'p frilanserlar sotuv kam, sotuv yo'q deydi.
Sizga savol: 1. Nechta sotuv bo'yicha kitob o'qidingiz? 2. Nechta mijozlar bazasini yig'dingiz? 3. Nechta odamga xabar yozdingiz? 4. Nechta uchrashuv belgiladingiz? 5. Necha soat vaqtingizni sotuvga sarfladingiz? 6. Nechta kontent chiqardingiz?
Sizning fokusingiz doim sizni o'sishingizga sababchi bo'ladigan narsalarda bo'lishi kerak. Qolgan narsalarni hammasini topshiring.
💡Bitta instrument beraman. 3 kun davomida har soatga budilnik qo'yasiz va chalganda nima bilan band ekanligingizni yozing. Shunda fokus qayerga ketayotganini aniqlaysiz.
Asl postni Telegramda ochish →