Soatingiz narxini hisoblash usuli
Post bir hafta davomida har soatdagi ishingizni yozib, 6 toifaga ajratishni taklif qiladi: zarar keltiradigan ishdan soatiga 100 000 dollar keltiradigan ishgacha. Bu tahlil daromadingiz va ishlaringiz qiymatini koʻrsatadi.

Bu instrumentni 80 million dollar "net worth" ga bo'lgan odamdan o'rganganman. [Sam Ovens]
1 kun davomida har soat nima bilan shug'ullanayotganingizni yozib qog'oz yoki notionga fiksatsiya qilasiz.
Ideal holatda haftagi 7 kunni shunday fiksatsiyaga sarflash kerak.
Qiladigan ishlaringizni 6 ta ketegoriya bo'lasiz. (Yuqoridagi rasmda)
1. Soatiga -$10 zarar keltiradigan ishlar 2. Soatiga $0 keltiradigan ishlar (yani befoyda) 3. Soatiga $10 foyda keltiradigan ishlar 4. Soatiga $100 keltiradigan ishlar 5. Soatiga $1000 keltiradigan ishlar 6. Soatiga $100.000 keltiradigan ishlar
1 hafta o'tgandan so'ng o'zingizni tahlil qilasiz, bu tahlil natijasida siz yaqin 6-12 oy ichida qancha daromad qilishingiz, qilayotgan ishlaringiz sizga qancha pul olib kelishini xisoblab chiqishingiz mumkin.
Hozir ham o'ylab ko'ring kun davomida qilayotgan ishlaringizni qiymati qancha?
Man shuni tahlil qilib qo'rqib kettim to'g'risi (( Ancha bo'lgan edi bu ishni qilmaganimga.
Asl postni Telegramda ochish →