Kanalga obuna
Motivatsiya · 29-sentabr, 2026

Bor neʼmatlarga shukr qilish

Bugun tirik, sogʻ va tinch joyda ekaningiz katta neʼmat. Boshqalar bilan solishtirishni, gʻiybat va havasni qoldirib, borini koʻrishni boshlang.

Bugun ±160.000 ta inson o'libti, siz esa tiriksiz.

E'tiborimizni bor ne'matlarga qaratishimiz kerak:

0. Musulmonsiz, 6.1 mlrd boshqa din vakili bo'lib tug'ilmadingiz. 1. Postni o'qib turibsiz, dunyoda 43 mln ko'rlar bor 2. Sog'siz, dunyoda 1.5 mlrd o'tkir kasallangan bemorlar orasida emassiz 3. Telefonni qo'lda ushlab turibsiz, 60 mlndan ortiq qo'li yo'qlar bor. 4. Tinch mamlakatdasiz. 1.2 mlrd odam xavfli joylarda yashaydi. 5. Yaxshi eshitasiz. 470 mln muammoli odam bor. 6. Uyingizdasiz, 150 mln uysizlar bor.

O'zingiz bilan boshqalarni solishtirishni to'xtating.

Sizda yo'q narsalarga havas qilishni to'xtating.

Odamlarni qadrini faqat puliga qarab o'lchashni to'xtating.

Boshqalarga baho berish, g'iybat qilish, tanqid qilishni to'xtating.

Sizni o'rab turgan ne'matlarni ko'rishni boshlang.

Hayot bir tekis bo'lmaydi. Bugun tog'ni uchida bo'lsangiz, ertaga yer ostida bo'lishingiz mumkin.

Bir inson: • 23 yoshida million dollar ishlab 25 yoshida bu olamni tark etishi mumkin. • 40 yoshigacha kambag'al bo'lib, 41 yoshida ishlari yurib ketishi mumkin. • Hamma boyligi bo'lib sog'lig'i bo'lmasligi mumkin. • Hozir solih inson bo'lib, gunoh qilayotganlarni gapirib, 10 yildan so'ng o'sha shu xolatga tushishi mumkin.

Alhamdulillah.

Asl postni Telegramda ochish →