Maqsadni uch darajada qoʻying: min, maqsad, maks
Biz imkoniyatni ortiqcha, qiyinchilikni kam baholaymiz. Shuning uchun minimum, maqsad va maksimum deb uch daraja qoʻying va rejani maksimumga qarab tuzing.
Ko'pchilik oldiga qo'ygan maqsadiga to'liq yetmaydi.
Sababi oddiy: biz o'z imkoniyatimizni ortiqcha, vaqt va yo'ldagi qiyinchiliklarni esa kam baholaymiz.
Shuning uchun bitta raqam emas, uchta daraja qo'ying:
Minimum — har qanday holatda bajaraman Maqsad — real xohlagan natijam Maksimum — hammasi yaxshi ketsa erishish mumkin bo'lgan natija
Masalan: minimum $700, maqsad $1000, maksimum $1500.
Rejani maksimumga qarab tuzing. Shunda yo'lda nimadir o'xshamasa ham, maqsadga yetasiz. Minimum esa sizni "uddalamadim" degan hisdan saqlaydi.
Boshlang'ich rejani doim maksimum uchun tuzing.
Asl postni Telegramda ochish →