Kanalga obuna
Fikr · 27-may, 2025

Biz oʻzimizga ortiqcha baho beramiz

Biz faqat muvaffaqiyatga erishganlarni koʻrib, yutqazganlarni koʻrmaymiz, shuning uchun oʻzimizni ortiqcha baholaymiz. Maqsadingizni yozib borib, natija bilan taqqoslang.

Biz judayam o'zimizga katta baho berib yuboramiz.

Buni qilib tashlayman, uni qilib tashlayman deb.

Chunki biz faqat zo'r natijalarni ko'rib o'rganib qolganmiz, faqat natijaga erishgan odamlarni ko'ramiz. Muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan, o'xshamagan, yutqazgan va qoqilgan odamlarni ko'rmaymiz, shuni xisobiga bizni o'zimizga ham juda katta baho berib yuboramiz.

"Har bir muvaffaqiyat ortida judayam ko'p muvaffaqiyatsizliklar bor. "

Kimnidir yoki qaysidir loyihani yoki insonni muvaffaqiyatini tahlil qilganingizda, albatta uni muvaffaqiyatsizliklari haqidagi ma'lumotlarni ham qidirib ko'ring.

O'zingizga katta baho berib yubormayotganingizga ishonch xosil qilish uchun bloknotni oching, maqsadingizni yozing, so'ng bir muddat o'tganidan keyin siz yozgan maqsad va erishilgan natijani bir biriga taqqoslab ko'ring. Shunda real xayot umuman siz kutganinigizdan boshqachaligini tushunib yetasiz.

Oyiga 1000$ - 2000$ ishlab topish oson deb, 2-3 yildan beri shu daromadga chiqa olmayotgan odamlarni juda ko'pini ko'rganman.

Asl postni Telegramda ochish →