Tanani va fikrlashni tushunish uchun savollar
Oʻzingizni tanangiz va fikrlashingiz boʻyicha ikki guruh savol bilan oʻrganib, takrorlanadigan patternlarni aniqlash tavsiya qilinadi. Qarorlarning 90 foizi odat boʻlgani uchun oʻzgarish shu patternlardan boshlanadi.
Odam bir buyumdan / texnikadan uzoq muddat foydalansa uni xarakterini, har xil xolatlarda o'zini qanday tutishini bilib oladi.
Masalan: 1. Poygachilar → mashinasini. 2. Chavandozlar → otini yaxshi biladi.
Biz ham fikrlashimiz va tanamizni shunday bilishimiz kerak.
💪 Tanani tushunish
1. Qachon o‘zimni eng tetik va kuchli his qilaman? (Kunning qaysi vaqti, qanday sharoitda?)
2. Qaysi ovqatlar menga quvvat beradi, qaysilari og‘irlik qiladi? (Ovqatdan keyin o‘zingizni kuzating.)
3. Qaysi jismoniy mashg‘ulot yoki harakatni mazza qilib qilman, majburlikdan emas? (Yugurishmi, yurishmi, suzishmi.)
4. Qachon va qanday dam olsam, to‘liq tiklanaman? (Tinchlikda yolg‘izmi, odamlar orasidami?)
5. Qanday ishlar yoki muhit meni charchatadi, energiyamni so‘rib oladi? (Ko‘p gap, keraksiz majlislar, haddan tashqari shovqin, telefon)
🧠 Fikrlashni tushunish
1. Hayotimda doimiy takrorlanayotgan xatoliklarim qanday? (Qanday muammolar qayta-qayta chiqyapti?)
2. Men qarorlarni qanday qabul qilaman, nimaga asoslanib?
3. Menda qanday zararli odatlar bor, va ular qanday holatlarda ishga tushadi? (Masalan, prokrastinatsiya, o‘zini tanqid qilish, kechiktirish.)
4. Fikrlashimda qanday chegaralar bor?
5. Qanday holatlar meni stressga olib keladi, va men bunga qanday javob beraman? (Og‘ir tanqid, rejasizlik, odamlar fikri?)
Bu savollarni berishdan maqsad — fikrlashdagi va tanadagi takrorlanadigan patternlarni aniqlash, keyin ularni yaxshi tomonga o'zgartirish. Bizni qarorlarimiz, qiladigan ishlarimiz 90% odat shaklida avtomatik tarzda bo'ladi, bularni o'zgartirishni yagona yo'li shu patternlarni aniqlash xisoblanadi.
Bu bizga samarali ishlashimizga yordam beradi.
Amaliy maslahat:
1-3-7 kun o'zingizni kuzatib shu patternlarni aniqlashga xarakat qiling. Har daqiqangiz — (осознанно) bo'lishi kerak
Asl postni Telegramda ochish →