Kanalga obuna
Qoʻllanma · 30-yanvar, 2026

Sotuvni oshirish: mijozdan 3 ta savol

Mijozdan nega sizni tanlagani, qayerdan topgani va nima yoqqanini soʻrang, shu sabablarni marketingda ishlating. Ideal mijozni oldingi mijozlar tahlili orqali aniqlang.

Agar shu ishni qilsangiz, sotuvlaringiz aniq oshadi. Har bir mijozdan 3 ta savol so‘rang: — Nega aynan bizni tanladingiz? — Qayerdan topdingiz? — Xizmatimizda nimasi yoqdi?

Chunki katta ehtimol bilan boshqa mijozlar ham aynan shu sabablar bilan sizdan sotib oladi.

Ko‘pchilik marketingda xato qiladi: o‘zlari nimani yaxshi qila olishini reklama qiladi.

Aslida esa siz mijoz nimani qidirib kelayotganini sotishingiz kerak.

Butun fokusni mijoz aytgan sababga qarating va aynan shuni marketingda ishlating.

Masalan, men web-dizayn o‘rgatish bo‘yicha eng zo‘r mutaxassis emasman. Lekin o‘quvchiga agar harakat qilsa, 1 kun ichida mijoz topish yo‘lini o‘rgata olaman. Ko‘pchilik aynan mijoz topolmagani uchun keladi. Shuning uchun marketingda ham aynan shu nuqtaga bosaman.

Yoki web-sayt xizmatimizni olaylik. 90% mijoz bizga sotuvchi sayt qilganimiz uchun keladi. Ha, dizayn chiroyli bo‘ladi. Lekin asosiy e’tibor → kontent, tahlil va konversiyada bo'ladi.

Siz ham shu sabablarni toping. Agar buni aniq bilmasangiz — qaysi joyga fokus qilishni hech qachon bilmaysiz.

Nima uchun sizni tanlashayotganini bilmasangiz, qanday qilib ko'proq sotishni ham bilmaysiz.

2-usul: To‘g‘ri mijozni aniqlash Barcha mijozlaringizni tahlil qilib chiqing. Qaysi mijoz bilan: — ish tez bitgan? — kam stress bo‘lgan? — ishlashdan rostdan mazza olgansiz? Mana shu — sizning ideal mijozingiz.

Quyidagilarni yozib chiqing: • yo‘nalishi • o‘rtacha cheki • fe’l-atvori • qaror qabul qilish tezligi • qanday muammolar bilan keladi

• Shunda siz duch kelgan har kimga sotishga urinmaysiz.

• Aniq kimga sotish kerakligini bilasiz. Va eslab qoling → siz hammaga sotishingiz shart emas.

Asl postni Telegramda ochish →