Kanalga obuna
Kitob konspekti · 30-sentabr, 2026

Oʻsishga toʻsqinlik qiladigan 14 ego

Perfeksionizm, giperkontrol, prokrastinatsiya kabi 14 ta ego konstruksiyasi va har biriga amaliy yechim keltirilgan. Mihail Dashkiev konspekti.

14 ta o'sishdan to'sadigan ego konstruksiya.

1. Skeptitsizm: Darrov yopilib olish va hamma narsaga «buni bilaman» deb baho berish. Yechim: Shubhangizning o'ziga shubha bilan qarang, qiziquvchanlikni mashq qiling va ichingiz qabul qilmayotgan narsani ataylab o'rganing.

2. Perfeksionizm: Hammasini ideal qilishga urinish, oxiri ishning o'zi to'xtab qoladi. Yechim:«Shunisi yetarli» tamoyilini (MVP) joriy qiling, ishni bosqichma-bosqich qiling, cheksiz sayqal berish o'rniga byudjet va vaqtni oldindan belgilab qo'ying.

3. Giperkontrol: Har bir mayda-chuydani nazorat qilishga urinish. Yechim: Ishonishni, ishni boshqalarga topshirishni va noaniqlikni qabul qilishni o'rganing.

4. Prokrastinatsiya: «Ideal payt yoki ideal yechim keladi» degan xomxayol bilan kutib o'tirish. Yechim: «G'ildirakni aylantirib yuboring»: kichik bo'lsa ham qadam tashlang, yordam so'rang, mayda g'alabalaringizni qayd etib boring.

5. Qutqaruvchi: O'z maqsadlarini qurbon qilib bo'lsa ham, hammani qutqarishga ehtiyoj. Yechim: O'z mas'uliyat doirangizga va chegaralaringizga e'tibor qarating.

6. G'iybatchi: Aybdor qidirish va fitna-ig'vo chiqarish. Yechim: Konstruktiv bahslashishni o'rganing, gapni to'g'ridan-to'g'ri ayting, jamoa ruhi ustida ishlang.

7. Sinizm: «Hammaga faqat pul kerak», «hammasini tanish-bilish hal qiladi» degan ishonch. Yechim: O'zingiz nimadir yaratib ko'ring, ko'nikmalar foyda keltirishini tan oling, boshqalarning yutishiga yordam bering.

8. Trudogolizm: «Tinmay yugur-yugur qilsam, natija bo'ladi» degan xomxayol. Yechim: Dam olishga alohida vaqt ajrating, jadvalingizni qayta ko'rib chiqing, ortiqcha vazifalarni olib tashlang.

9. Tan olinmagan ijodkor: Reallikdan uzilib, o'zining buyukligi haqida xayol surish. Yechim: Reallik bilan aloqani uzmang, oddiy amaliy ishlarni qiling, o'lchasa bo'ladigan foyda keltiring.

10. Jabrdiyda: Mas'uliyatni sharoitga to'nkash. Yechim: Hayotingiz muallifi o'zingiz ekanini qabul qiling, muammoning faqat o'zingizga bog'liq yechimlarini yozib chiqing.

11. Ko'rinmas odam: O'zini ko'rsatishdan qo'rqish va o'ziga past baho berish. Yechim: Xizmatlaringizni taklif qiling, o'z qarashingizni ochiq ayting, yaxshi fikr va maqtovlarni o'zingizniki deb qabul qiling.

12. Radikalizm: Haddan oshish: «yo hammasi, yo hech narsa». Yechim: O'rta yo'lni qidiring, o'zingizni ayashni va me'yorni o'rganing.

13. Krasavchik: Maqtovga qaramlik, obro'yi to'kilishidan qo'rqish. Yechim: Ataylab izza bo'lib ko'ring, xatoingizni va nohaq ekaningizni tan oling.

14. Murakkablashtirish: Ortiqcha narsalar va byurokratiya o'ylab topish. Yechim: Ortiqcha hamma narsani olib tashlang, asosiy narsaga e'tibor qarating, «sodda bo'lsinmi?» degan mezon bilan o'ylang.

Mihail Dashkiev

Asl postni Telegramda ochish →