Kanalga obuna
Kitob konspekti · 31-may, 2025

Umr davomida rivojlantiriladigan 7 richag: dastlabki uchtasi

Naval aytgan 7 ta richagdan birinchi uchtasi: specific bilim, jamoa va kapital. Kapital boʻlsa butun fokusni ishni rivojlantirishga qaratish va xavotirsiz risk qilish mumkin.

Odam umri davomida 7 ta (richag, leverage) larni rivojlantirishi kerak ekan.

1. "Specific" bilim — bu maktabda, yoki treninglarda o'rganib bo'lmaydigan, faqat sizga xos bilim. Bu bilim / ko'nikmani siz o'yindek qabul qilasiz, lekin boshqalar uchun bu o'g'ir mexnatdek tuyuladi.

Masalan man uchun yozish / o'qish / dars berish / rejalashtirish juda oson, soatlar qilishim mumkin, boshqalar uchun juda zerikarli ish. Aynan shu "leverage" juda katta daromad olib kelishi mumkin. (olib kelyapti)

2. Labor — (xodimlar) jamoa desak ham bo'ladi. Siz bilan doim bo'ladigan jamoa, siz ularga o'sishga yordam berasiz, ular sizga katta loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi.

Jamoa shunday bo'lishi kerakki, sohani almashtirsangiz ham siz bilan qoladigan bo'lishi kerak. Ular siz bilan birga o'sishi kerak. (PayPal mafia haqida o'qib ko'ring)

3. Capital — yig'ilgan kapital orqali siz butun fokusingizni rivojlanishga, qurishga qarata olasiz, kapitalsiz to'liq potensialingizni ishlatib katta loyiha / kompaniya / jamoa qurish juda qiyin. O'ylab ko'ring balansingizda deylik 1 mln $ naqt bor. Undan keladigan % (albatta halol yo'l orqali) sizni oylik barcha xarajatlaringizni o'ta yuqori darajada yopadi. Sizning butun fokusingiz esa qilayotgan ishingizda, bu sizni samaradorligingiz, kreativligingizni eng yuqori darajaga olib chiqadi.

Risk qilishdan qo'rqmaysiz, ishni yoqotishdan, yutqazishdan, muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan, yoki qo'rin to'yg'izishdan umuman xavotirsiz ishlay olasiz.

Keyingi 4 ta richag keyingi postda chiqadi ✅️️️️️️️

Aziz aka Rahimov darslaridan insayt va Ravikant Naval Almanac kitobidan

Asl postni Telegramda ochish →