Kanalga obuna
Motivatsiya · 9-iyul, 2025

Vaqtinchalik ish illyuziyasi va 10 yillik tanlov

Ishingizga vaqtinchalik deb qarasangiz, umr oʻtib ketadi. Sohani tanlab, unga 24/7 fokus qilish va 6 oy ichida top mutaxassisga aylanishga harakat qilish kerak.

Vaqtinchalik ish illyuziyasi va 10 yillik tanlov

Agar hozir ishlayotgan ishingizga vaqtinchalik ish deb qarayotgan bo'lsangiz. Shu sohada ketishingiz 50/50 bo'lib turgan bo'lsa, qilayotgan ishingizga eng kamida 10 yil umringizni sarflashga tayyor bo'lmasangiz

Bu haqida o'tirib jiddiy o'ylab ko'ring.

Biroz ishlab turay Biroz kutay natija bo'ladi Tez orada o'zgarish bo'ladi deb umringiz o'tib ketadi.

Sohani tanlaganingizdan keyin boringizni berishga tayyor bo'lishingiz kerak, 24/7 fokus shu sohada o'sish rivojlanish, dunyoda top mutaxasis bo'lishga qaratilgan bo'lishi kerak. O'rtacha bo'lish kimga yoqadi?

Kim mutaxassislar, ekspertlar, sportchilarni hayotiga e'tibor qaratsangiz bir narsani anglab yetasiz — bu sohada #1 bo'lishga xarakat qilish.

Shu paytgacha ko'p odamlar bilan gaplashaman, illyuziyada yashashadi. Vaqtinchalik ishlab turay keyin bir gap bo'lar deb 3-4 yil umri o'tib ketadi.

Undan ko'ra 6 oy fokus qilib o'zi yoqtirgan ishida top mutaxassisga aylanish yaxshi emasmi? Yil oxirigacha 6 oy vaqtingiz qoldi, o'ylab ko'ring.

@umidikrombaev

Asl postni Telegramda ochish →