Kanalga obuna
Fikr · 15-iyun, 2024

Multipotensializm va bitta ishdagi kuch

Hamma narsada zoʻr boʻlishga urinish odamni resurslarini toʻgʻri baholashdan mahrum qiladi va hayotni nazoratdan chiqaradi. Bitta kichik sohada eng yaxshi boʻlish muvaffaqiyatga tezroq olib keladi.

Multipotensializm va bitta ishdagi kuch

Multipotentiality — multipotensializm. Bu juda ko'pchilik insonlarda kuzatilayotgan jihat.

Bunday insonlarda — Men hamma narsada zo'r bo'lishim kerak — Hamma ishni qila olaman — Har qanday sohada muvaffaqiyatga erisha olaman. — Bir nechta ishni birdaniga qila olaman degan fikr bo'ladi.

Shuni oqibatida odamning hayoti nazoratdan chiqib ketadi va chuqur depressiyag uchraydi. Chunki bu xolatda odam o'zini resurslari va imkoniyatlarini to'g'ri baholash qobiliyatini yoqotadi.

Misol uchun yaxshigina ishlab yurgan targetolog o'z daromadidan qoniqmasdan saytlarni o'rganishni boshlaydi, dizaynni ham qilib ko'radi, keyin biznes ochish haqida fikr keladi shunday qilib yuzlab muammolarga duchor bo'ladi.

Aslida esa inson 1 ta kichik narsani hammadan yaxshi qilsa o'z o'zidan muvaffaqiyatga erishishni boshlaydi.

O'zingizda shu jihatni kuzatganmisiz?

Asl postni Telegramda ochish →